AsosiyJamiyat

Yangiobod tuman IIB boshlig`i fuqaroni urdi

'Yangiobod tuman IIB boshlig`i fuqaroni urdi'ning rasmi

2018 yil 9 iyul kuni Jizzax viloyatining Yangiobod tumani, Ziyokor ko`chasida yashovchi fuqaro N.Tursunboev Bosh prokuraturaning «Ishonch telefoni»ga murojaat qilib, Yangiobod tuman IIB boshlig`i I.Sulaymonov uning o`g`li S.Qurbonboevni urib tan jarohati etkazganligini bildirib, I.Sulaymonovga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy saytida xabar berildi.

Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida so`ralgan fuqaro S.Qurbonboev 2018 yil 7 iyul kuni soat 14:30 larda Yangiobod tumani IIB boshlig`i I.Sulaymonov «Mustaqillikning 22 yilligi» suv iste`molchilari uyushmasi hududidagi «Pastkichaqir bulog`i» fermer xo`jaligi dalasiga kelgan vaqtda kombaynlar g`alla o`rmasdan turganligini vaj qilib, mushti bilan uning (S.Qurbonboevning) burun qismiga urganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan tuman IIB boshlig`i I.Sulaymonovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura nazoratiga olingan.

    Boshqa yangiliklar