AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida Seulga patronlar olib ketayotgan shaxs to`xtatib qolindi

'Toshkent aeroportida Seulga patronlar olib ketayotgan shaxs to`xtatib qolindi'ning rasmi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari qurol-yarog` va o`q-dorilarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib o`tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

“Toshkent” xalqaro aeroportida Seulga parvozi oldidan fuqaro K.T. bojxonadan "yashil" yo`lak orqali o`tar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. shundan so`ng, unga tegishli bo`lgan sumka rentgen apparati orqali nazoratdan o`tkazilganda, unda 2 dona patronlar yashirilganligi aniqlandi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 5,45 mm va 7,62 mm kalibrli patronlar bojxona xodimlarining og`zaki so`rovida va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ma`lum qilinmagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar