AsosiyJamiyat

MIB xodimlarning kasbiy etikasi va madaniyati yanada oshirish masalasida ochiq muloqot o`tkazdi

'MIB xodimlarning kasbiy etikasi va madaniyati yanada oshirish masalasida ochiq muloqot o`tkazdi 'ning rasmi

Bugun, 20 iyul kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida taniqli yuridik fanlari doktori, professor Gulchehra Matkarimova ishtirokida “Xodimlarning kasbiy etikasi va madaniyatini oshirish masalalari” mavzusida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Tadbirda, Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan energiya resurslari va suv iste`moli sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligi qayd etilib, joylarda iste`molchilarning to`lov intizomi riya etishi hamda huquqiy madaniyatini oshirishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilinib kelayotganligini ta`kidlandi.

Shuningdek, tadbirda Byuro xodimlarining “Kasb odobnomasi”ga to`liq rioya etishi, xizmat vazifalarini mas`uliyat, tashabbuskorlik va xolislik bilan bajarishi yuzasidan muntazam olib borilgan ishlar haqimda ham to`htab o`tildi.

Muloqotda so`z olgan professor Gulchehra Matkarimova “Har bir xodim o`z faoliyatining avvalambor targ`ibotchisi bo`lishi lozimligini, aholi bilan ishlash jarayonida xodimlar o`z kasbining fidoyi bo`lishi bilan birga, xushmuomala, ma`naviy va axloqiy fazilatlarni namoyon etishi muhim ahamiyat kasbga etishini bildirib, o`z o`rnida rahbar xodimlarning qo`l ostidagixodimlarga o`rnak bo`lishi lozimligini qayd etdi.

Bunday tadbirlar aholi va iste`molarning huquqiy madaniyatini mustahkamlash, Byuro organlari faoliyatiga oshkoralik berish hamda jamoatchilik vakillari bilan o`zaro hamkorligini ta`minlashda muhim hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar