Yoshlar ijod saroyida Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat hamda magistratura bosqichi talabalarining bitiruv tadbiri bo`lib o`tdi.
Bosh prokuror O.Murodov, adliya vaziri R.Davlatov, Sud`yalar oliy kengashi raisi U.Mingboev, adliya vaziri o`rinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Esemurat Kanyazov va boshqalar islohotlarning bosh mezoni aholi, ayniqsa, yoshlarga munosib sharoit yaratib, qo`llab-quvvatlashdan ibort ekanini ta`kidladi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 28 apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori mazkur yo`nalish takomillishuvida muxim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirda 376 bakalavr va 77 magistrga diplom topshirildi.
– Bu diplom g`oyatda qadrli va betinim o`qib-izlanishlarim mevasidir, – deydi universitet bitiruvchisi Avazbek Yo`ldoshbekov. – Bilim va ko`nikmalarni amaliyotda qo`llab, faoliyatim davomida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib qo`shishga shayman.
Tadbirda faol va jonkuyar talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
O`zA






