AsosiyDunyo

Planetaning eng ko`p haq to`lanadigan aktyori ma`lum bo`ldi (Foto)

'Planetaning eng ko`p haq to`lanadigan aktyori ma`lum bo`ldi (Foto)'ning rasmi

Gollivud aktyor Jorj Kluni dunyodagi eng ko`p haq to`lanadigan aktyor deb topildi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

So`nggi bir yil ichida aktyor 239 million dollar pul ishlab topgan. Ikkinchi o`rinda aktyor va sportchi Dueyn Jonson (124 million dollar).

Uchinchi o`rinda – kichik Robert Dauni (81 million dollar).

Musiqa olamida esa U2 guruhi a`zolari eng ko`p pul topadigan qo`shiqchilar deb topildi (118 million dollar).


Ikkinchi o`rinda esa Coldplay jamoasi (115,5 million dollar).

Uchinchi o`rin Ed Shiranga nasib etdi (110 million dollar).

Boshqa yangiliklar