AsosiyJamiyat

“O`zbektelekom” internet kanal tariflarini pasaytirdi

'“O`zbektelekom” internet kanal tariflarini pasaytirdi  'ning rasmi

2018 yil 10 iyuldan Xalqaro paketli kommutasiya markaziga ulangan operator va provayderlarga Internet-kanal tariflari 1 Mbit/s uchun 244 958 so`mdan 176 682 so`mga pasaytirildi, deb xabar berdi “O`zbektelekom” matbuot xizmati.

Shuningdek, Transport magistralini ekspluatasiya qilish markazi orqali ulangan O`zbekiston Respublikasi operator va provayderlariga ham, sig`im va hududidan qat`iy nazar, Internet kanal uchun narxlar pasaytirilib, kompaniya tomonidan yagona tarif belgilandi.

“Avvalroq, tarif 1 Mbit/s uchun ulanish hududi va kanal sig`imidan kelib chiqqan holdan 410 000 so`mdan 309 550 so`mgacha narxlanar edi. 12 iyuldan boshlab hududi va sig`imidan qat`iy nazar 1 Mbit/s uchun tarif narxi 265 000 so`mni tashkil qiladi”, - deyiladi xabarda.

Kompaniya “Internet oxirgi iste`molchi uchun uchun arzonroq bo`ladimi?“ degan savolga ham javob bergan. Ma`lum qilinishicha, iste`molchilar uchun Internetning oxirgi narxiga ta`sir qiluvchi qator omillar mavjud bo`lib, har bir provayder taqdim etuvchi xizmatlarining narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.

    Boshqa yangiliklar