Nihoyat, mahoratli kinorejissyor M. Nayt Shyamalan o`z muxlislarini yangi kinokartinasi bilan hushnud etadigan bo`ldi, deya yozmoqda Segodnya nashri.
Rejissyor o`zining avvalgi “Ishg`ol etilmas” va “Split” filmlarining spin-offi “Shisha” kartinasini suratga olishni boshlab yuborgan.
Film uch superqahramonlarni: Devid Dann (Bryus Uillis), terrorist mister Shisha (Semyuel L. Jekson) va Kevin Uendell Kramb (MakEvoy)ni o`zida birlashtiradi. Eng qizig`i, Krambning ichida 24 ta shaxs yashaydi.
Film 2019 yilning yanvar oyida katta ekranlarga chiqarilishi kutilmoqda.






