AsosiyDunyo

Qirg`izistonda etnofestival paytida burgut qizchaga tashlandi (Video)

'Qirg`izistonda etnofestival paytida burgut qizchaga tashlandi (Video)'ning rasmi

Shu kunlarda Issiqko`l sohillarida “Teskey jeek” etnofestivali bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua nashri.

Mazkur festivalda qirg`iz xalqining otda burgutlardan foydlangan holda ov qilish udumlarining o`ziga xos xususiyatlari namoyish etiladi.

Festival paytida 8 yoshli Aziza noma`lum sabablarga ko`ra yirtqich qushlar bilan namoyish ko`rsatiladigan maydonga kirib qoldi. Shunda burgutlardan biri qizaloqqa tashlanib, uni tirnay boshladi.

Hayriyatki, tashkilotchilar tezlik bilan kelib uni yirtqich changalidan halos etishdi.

Aziza shifoxonaga yotqizildi va badanining bir necha joyidagi yaralar tikildi.


Boshqa yangiliklar