AsosiyJamiyat

Buxorolik ayol erkak qiyofasida qo`shnisi bilan nega uchrashib yurdi? (video)

'Buxorolik ayol erkak qiyofasida qo`shnisi bilan nega uchrashib yurdi? (video)'ning rasmi

Avvalroq Buxoroda o`z qiyofasini «erkak»ga o`zgartirib, qo`shnisining 10 million so`mdan ortiqroq tilla taqinchoq va pullarini qo`lga kiritgan ayol haqida xabarxabar berilgan edi. «Yangi davr» dasturida ushbu ayol haqida lavha efirga uzatildi, deb xabar beradi Uz24.

Ma`lum bo`lishicha, uning asl ism-sharifi — Charos Tillaeva, yoshi 29 da. Shofirkon tumani «Kalon» mahalla fuqarolar yig`ini «Kalon» qishlog`ida istiqomat qiladi. Muqaddam sudlangan bu ayol ilgari ham bir necha marotaba shu kabi ishlar bilan shug`ullangan.

Charos Tillaeva Jinoyat Kodeksining 168-moddasining (firibgarlik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan bir yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Boshqa yangiliklar