8 avgust kuni Indoneziyada Osiyo o`yinlari boshlanadi.
Jakartada bo`lib o`tadigan Osiyo o`yinlarida qaysi bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishi aniq bo`ldi, deb xabar berdi "Olamsport" nashri.
Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov ushbu musobaqada ishtirok etmaydi.
Boks bo`yicha O`zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo o`yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:- 49kg: Hasanboy Do`smatov
- 52kg: Jasurbek Latipov
- 56kg: Miraziz Mirzahalilov
- 60kg: Shunqor Abdurasulov
- 64kg: Iqboljon Xoldorov
- 69kg: Mahmud G`oipov
- 75kg: Isroil Madrimov







