AsosiyShou-biznes

“Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi” filmidagi "Sezar" vafot etdi

“Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi” filmida Sezar rolini mahorat bilan ijro etgan nemis aktyori Gotfrid Yon kuni kecha saraton kasalligi tufayli vafot etdi. Bu haqda www.kp.ru nashri xabar beradi.

Aktyor 1942 yilning 29 avgustida dunyoga kelgan. U bir necha kun oldin o`zining 73 yoshini qarshi olgandi. Gotfrid Yon 1955 yilda “Oltin ko`z” filmidagi rolidan so`ng mashxurlik cho`qqisiga chiqqan. Sezar rolidan so`ng u Bavariyaning ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor nominasiyasidagi mukofotiga sazovor bo`lgan.

Gotfrid Yonga saraton tashxisi qo`yilgandan keyin ham u ishlashda davom etdi. Hayotining so`nggi yillarini u Kelmis shahrida o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar