AsosiyJamiyat

Urganch reyslari bir kun Nukus orqali amalga oshiriladi

'Urganch reyslari bir kun Nukus orqali amalga oshiriladi'ning rasmi

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi «Urganch» aeroporti vaqtincha yopilishi munosabati bilan 17 iyul kuni Toshkent-Urganch-Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlarga kiritilgan o`zgartirishlar haqida ma`lumot berdi.

Faqatgina 17 iyul kuni ushbu reyslar Nukus orqali amalga oshiriladi:

  • HY051 reysi Urganch o`rniga Nukusga soat 8:30da uchadi, Nukusga qo`nish vaqti — 10:15.
  • HY052 reysi Urganch o`rniga Nukusdan soat 11:10da uchadi, Toshkentga qo`nish vaqti — 12:45.
  • HY057 reysi Urganch o`rniga Nukusga soat 16:40da uchadi, Nukusga qo`nish vaqti — 18:45.
  • HY058 reysi Urganch o`rniga Nukusdan soat 19:05da uchadi, Buxoroga qo`nish vaqti — 20:25, Buxorodan uchish vaqti — 21:05, Toshkentga qo`nish vaqti — 22:10.

Toshkent-Urganch-Toshkent, Urganch-Buxoro yoki Buxoro-Toshkent yo`nalishlariga chipta olgan yo`lovchilar parvozga avval rasmiylashtirilgan aviachiptalar bo`yicha qo`shimcha yig`imlarsiz qabul qilinadi.

Urganchgacha chipta olgan yo`lovchilar «Urganch» aeroportigacha avtobus orqali etkaziladi.

Urganchdan uchish uchun chipta olgan yo`lovchilarga esa «Nukus» aeroportiga avtobus bilan o`z vaqtida etib borish uchun «Urganch» aeroportiga parvozga kamida 4 soat qolganda etib borish talab etiladi.

Yo`lovchilar quyidagi raqam orqali qo`shimcha ma`lumotlar olishi mumkin: (+99871) 140−02−00.

Aviakompaniya yo`lovchilardan noqulaylik uchun uzr so`rab, kompaniya rahbariyati «Urganch» aeroporti faoliyati tiklanishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishini ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, 16 iyuldan boshlab «Urganch» xalqaro aeroporti texnik sabablar va issiq ob-havo tufayli vaqtincha yopilgan.

    Boshqa yangiliklar