AsosiyJamiyat

​Mudofaa vazirligi "Avtomobilsiz kun”i e`lon qildi

'​Mudofaa vazirligi "Avtomobilsiz kun”i e`lon qildi'ning rasmi

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda har oyning to`rtinchi haftasining dushanba kuni “Avtomobilsiz kun” deb e`lon qilindi. Endilikda harbiy xizmatchilar shu kuni shaxsiy avtotransport vositalarisiz harbiy xizmatga kelishadi.

Mudofaa vaziri vazirlik qo`shinlarida yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish to`g`risidagi Yo`riqnomani tasdiqlash to`g`risidagi buyruqni imzoladi.

Yo`riqnoma O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi yo`l xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2018 yil 19 maydagi 377-son qarorlari ijrosini, shuningdek, Mudofaa vazirligi qo`shinlaridayo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, huquqbuzarliklarni o`z vaqtida aniqlash hamda yo`l transport hodisalari profilaktikasi tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

Endilikda vazirlik tizimidagi harbiy avtotransport vositalari videoregistratorlar bilan jihozlanadi, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasida qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida ularni qo`llash bo`yicha normativ tartib belgilanadi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan yo`l harakati qoidalarini qasddan buzganlar bo`yicha javobgarlik kuchaytiriladi. Mudofaa vazirligida yo`l harakati sohasidagi ma`muriy qoidabuzarliklar to`g`risidagi ma`lumotlarni zudlik bilan rasmiylashtirish va ko`rib chiqishning elektron tizimi yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar