Bugun, 17 iyul kuni O`zbekiston Ommaviy kommunikasiya va jurnalistika universitetida ijodiy imtihon (suhbat) davom etmoqda.
Universitet rektori Sherzod Kudratxo`jaev imtihon jarayonlarini kuzatib, xodimlar muomalasi, tartib-intizom, yaratilgan shart-sharoitni nazoratga olib turibdi.
Bu yilgi qabul kvotalarida bakalavr bosqichining barcha yunalishlari bo`yicha jami 100 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Bosma Ommaviy axborot vositalari yo`nalishi bo`yicha o`zbek guruhiga 72 ta, rus guruhiga esa 25 ta hujjat qabul qilingan bo`lib, umumiy qabul rejasi 15 ta.
Teleradiojurnalistika bo`yicha o`zbek guruhiga 109 ta, rus guruhiga esa 36 ta hujjat qabul qilingan bo`lib, umumiy qabul rejasi 15 ta.
Internet jurnalistika 63 ta, qabul rejasi 10 ta.
Xalqaro jurnalistikaga 73 ta abiturient hujjat topshirdi, qabul rejasi 10 ta.
Sport jurnalistikasi 73 ta, qabul rejasi 10 ta.
Axborot xizmatlari va Jamoatchilik bilan aloqalar – 88 ta o`zbek, 37 ta rus guruhiga hujjat qabul qilingan, qabul rejasi esa 20 ta.
Medimarketing va reklama – 67 ta, qabul rejasi 10 ta.
Mediadizayn 30 ta, qabul rejasi 10 ta.




















