O`zgidromet ma`lumotiga ko`ra, 2018 yilning 19-23 iyul kunlari O`zbekistonga xorijiy davlat (Eron)dan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kelishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga oshib, 40-43 darajani tashkil etadi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44-45gacha qiziydi, garmsel kutilmoqda.
19-23 iyul kunlari Respublikaning tog` va tog` oldi mintaqalarida havo haroratining oshishi munosabati bilan Tojikiston va Qirg`iziston hududlaridan glyasiyal (muzlikning erishi natijasidagi) sel kelishi mumkin.
FVV yuqoridagilardan kelib chiqib, xavfsizlik choralarini ko`rishingizni, ko`p miqdorda ichimlik suvini iste`mol qilishingizni, zaruratsiz ko`chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirish kerakligini tavsiya qilmoqda.






