AsosiyJamiyat

Nukusda 55 metr balandlikda davlat bayroqlari o`rnatiladi

'Nukusda 55 metr balandlikda davlat bayroqlari o`rnatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma etti yillik bayrami oldidan Nukus shahrida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari davlat bayroqlari o`rnatiladi. Bu haqda Kruz.uz sayti xabar berdi.

Nukus shahrining eng fayzli maskanlaridan biri bo`lmish Ajiniyoz shoir haykali yonida 55 metr balandlikda qad ko`taradigan, o`lchami 9x6 metrga teng O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari davlat bayroqlari xalqimiz uchun ajoyib bayram sovg`asi bo`lishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda bu bayroqlar Toshkent shahrida ishlanmoqda. Qurilish ishlari mustaqillik bayrami arafasida yakunlanishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar