Shaxmat bo`yicha maktab o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan yosh sportchilarimiz ona Vataniga yorug` yuz bilan qaytib keldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo chempionlarini keng sport jamoatchiligi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar va sport muxlislari tantanali kutib oldi.
Osiyo chempionatida shaxmatning blis, rapid va standart yo`nalishlari bo`yicha musobaqalar bo`lib o`tdi. Unda o`quvchilarimiz 16 ta oltin, 11 ta kumush va 6 ta bronza medallariga ega bo`ldi. Bu ko`rsatgich yosh shaxmatchilarimizni jamoa hisobida 1-o`rinni egallashga imkon yaratdi.
Standart yo`nalishi bo`yicha muvaffaqiyat qozongan 7 nafar shaxmatchimiz 2019 yili Tunisda maktab o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo`lga kiritdi.








