AsosiyShou-biznes

Shakira va Jerar Pike ikkinchi bor ota-ona bo`lishadi

Xonanda Shakiraning homiladorligi borasidagi xabarlar, o`tgan oyda tarqalgan edi. Bu haqda ularning do`sti xabar bergandi. Ammo bu habarning rost yoki yolg`onligi internet nashrlarida ko`p bor muxokama qilindi.

Bir necha kun oldin Shakiraning ispaniyadagi Cosmopolitan jurnaliga bergan intervyusida o`zining ikkinchi bor homilador ekanini aytdi. Bu haqda korrespondent.net nashri xabar beradi.

Bundan oldingi intervyularida xonanda Shakira “agar musiqiy loyihalarim bo`lmaganida edi, men yana homilador bo`lishni istardim. Jerar bilan 8 yoki 9 farzandimiz bo`lishini va shaxsiy futbol komandamizni tuzishni istaymiz” degan edi. 

    Boshqa yangiliklar