Misr hukumati mamlakat sobiq prezidenti Muhammad Mursiyni ma`lum muddatga qo`lga olish to`g`risidagi qarorni qabul qildi.
Sobiq prezident maxfiy hujjatlarni Qatar hukumatiga yuborganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Gazeta.ru MENA axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Manbaning so`zlariga ko`ra, Mursiy prezidentlik davrida “Al-Jazira” telekanali yordamida mamlakatning milliy xavfsizligi bilan bog`liq ma`lumotlarni Qatar hukumatiga yuborgan.
23 iyun kuni Misrda “Al-Jazira” telekanalining uch nafar jurnalisti “Musulmon birodarlar” va sobiq prezident Muhammad Mursi bilan hamkorlik qilganlari uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.





