Ekvadorda olti nafar polisiya xodimi 2010 yil tartibsizliklar vaqtida mamlakat prezidenti Rafael Korreaga suiqasd qilganliklari uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “RIA novosti” Notimex agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Ekvador prokuraturasining ma`lum qilishicha, sudlanuvchilarning aybi 51 ta guvohlik ko`rsatmalari, 38 ta hujjatli dalillar, shu qatorda video va audio yozuvlar yordamida isbotlangan.
2010 yilning sentyabrida yuzlab harbiylar va polisiyachilar Kito shahridagi bir nechta xarbiy baza va aeroportni egallab olishgandi. Ular hukumatning xarbiy xizmatchilari maoshiga qo`shimcha haq to`lovini kamaytirish va ular safini qisqartirish to`g`risida qabul qilingan qaroridan norozi bo`lishgan. Namoyishchilar Korreaga jarohat etkazishgan va prezident joylashtirilgan shifoxonani o`rab olishgan. Prokuror Gustavo Benitesning ma`lum qilishicha, ayblanuvchilarning barchasi ushbu shifoxona atrofida to`planib, prezidentga o`q uzmoqchi bo`lishgan.





