Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi fuqaro Frida Turkmenillining ko`p qavatli uydagi kvartirasi arilar uyiga aylanib qoldi, deb yozadi lenta.ru nashri.
Bu erga 50 mingdan ortiq arilar joylashib uy egasini yaqin yo`latmayotgani sababli ularni yo`q qilish uchun maxsus xizmat vakillari chaqirildi.
5 soat davom etgan kurashda maxsus xizmat vakillari uy egasini arilardan xalos qilishdi. Aytish lozimki, allergiyaga moyilligi bo`lgan kishilarda arilarga ham allergiya bo`lishi ehtimoli katta. Shu sababli uy egasi arilar makon qurgan uyni gigienik jihatdan ham tozalashiga to`g`ri keldi.





