Suriya prezidenti Bashar Asadning rasmiy vakili Butayba Sha`bon amerikalik jurnalist Jeyms Fouli o`tgan yili qatl etilganligini ma`lum qildi.
Uning aytishicha, video yaqindagina namoyish qilinishiga qaramay, jurnalist o`tgan yili o`ldirilgan va bu haqda BMTning xabari bor.
“Jurnalist Suriya ozod armiyasi tomonidan qo`lga olingan, keyinchalik esa nomini “Iroq va Shom islom davlati”dan “Islom davlati”ga o`zgartirgan guruhga sotib yuborilgan. Bu ma`lumotni BMTda tekshirib ko`rishingiz mumkin”,-dedi Butayba Sha`bon.
“Interfaks” agentligining yozishicha, Sha`bon taqdim etgan ma`lumotlar, ozodlikka chiqqan asirlarning bir necha oy avval Foulini tirikligini ko`rishgani haqidagi gaplariga to`g`ri kelmaydi.
Eslatib o`tamiz, 20 avgust kuni avval ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik erkin jurnalist Jeyms Foulni qatl etish jarayoni aks etgan videolavha paydo bo`lgandi.





