Sloveniyalik arxeologlar tomonidan Meksikaning janubi-sharqiy qismida bir necha ming yillar davomida odamlarga noma`lum bo`lgan qadimgi mayya shaharlari topilgan. Bu haqda Glunews.ru nashri xabar beradi. Shaharlarning har birida saroy, maydonlar, ba`zilarining bo`yi 20 metrga teng bo`lgan piramidalar, kirish eshiklari topilgan.
Eramizdan avvalgi 600-1000 yillarda bu shaharlar gullab-yashnagan. Arxeologlar ushbu topilma shaharlarning ichki qismlarini ham ko`zdan kechirmoqchi.
“Aminmanki bu joylarda insoniyatga ma`lum bo`lmagan ko`plab topilmalar bor, biz ularni izlashda va tadqiq qilishda davom etamiz” - deydi Sloveniya ilmiy-tadqiqot akademiyasi dosenti Ivana Sprajsa.





