AsosiyJamiyat

Sirdaryoda Humo qushi tasvirlangan qadimiy shamdon tutqichi topildi

Arxeolog olim Aleksey Grisina rahbarligidagi ilmiy ekspedisiya tomonidan Eski Xovos tepaligidan Humo qushi tasvirlangan shamdon tutqichi topildi. Bu haqda “Xalq So`zi” gazetasi xabar bermoqda.

— Buyuk Ipak yo`lida Eski Xovos qadimda karvonsaroy vazifasini bajargan, — deydi Sirdaryo viloyati o`lkashunoslik muzeyi ilmiy tadqiqot markazi a`zosi, tarix fanlari nomzodi, dosent Boymirza O`roqov. — Hozirgacha bu erdan noyob, muhim ilmiy ahamiyatga ega ko`plab tarixiy-arxeologik ashyolar topildi. “Yunon devori” deb nomlangan inshoot qoldiqlari esa uning juda ko`hna manzillar sirasidan ekanligini isbotlaydi.

Olimlar uni XI-XII asrlarga taalluqli, deb baholashmoqda. "Eng quvonarlisi, ushbu topilma — Humo qushi qadimdan ajdodlarimizning ezgulik va baxt ramzi bo`lib kelganligini tasdiqlovchi tarixiy dalil ekanligi bilan qimmatlidir",-deyiladi xabarda. Qolaversa, Termiz arxeologiya muzeyida ham shunday surat muhrlangan yana bir qadimiy idish saqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar