Fransiyada endi pissani robot tayyorlaydigan bo`ldi, deb xabar berdi TASS nashri.
Pizzaiolos nomli robot bir vaqtning o`zida bir nechta vazifani bajaradi. Yangi robot pissa xamirini yoyishdan boshlab, uni mijozga taqdim etishgacha bo`lgan barcha jarayonni o`zi bajaradi. U tayyor xamirdan har 30 soniyada bitta pissa tayorlashi mumkin. Bu esa bir soatda 120 ta mahsulot demakdir. Odamlar esa soatiga eng ko`pi bilan 40 ta pissa tayyorlashlari mumkin.
Robot tezkor harakat qilishi bilan birga o`z ishini sifatli darajada bajaradi. Robot tayyorlagan pissani ta`tib ko`rgan iste`molchilar uning mazasi mohir oshpazlarnikidan kam emasligi aytishgan. Hozirda Fransiyaning ko`pgina joylarida tezkor qahva tayyorlovchi qurilmalar bor. Ularning oldiga Pizzaiolos robotini joylashtirish orqali kunning istalgan qismida odamlar bir necha soniya ichida yangi pishirilgan pissa va qaynoq qahva ichib vaqtlarini tejashlari mumkin.
Oktyabr oyidan boshlab, restoranlarda avtonom tarzda pissa tayyorlashga o`tiladi. 2019 yilga kelib esa Evropaning boshqa mamlakatlarida ham qurilmadan keng miqyosda foydalanilish ko`zda tutilgan.






