Tailandda bundan bir necha kun avval tog`dagi g`orda yo`qolgan mahalliy futbol jamoasi a`zolarini qidirish ishlari keyingi bosqichga o`tdi, deb xabar berdi Vesti nashri.
Tailandning Chiang Roy tog`ida 23 iyun kuni 12 nafar yosh futbolchilar hamda ularning murabbiylari yog`ingarchilik tufayli g`orga berkinishgan va g`orning og`zi suv bilan to`lgach, ulardan xabar bo`lmagan. Shunadan beri davom etayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari samara bermagach, jarayon keyingi bosqichga o`tdi. Unga dengiz qutqaruv guruhi a`zolari ham jalb qilingan. Ular suv bosgan g`orni 10 kmgacha qazib kirishni rejalashtirilmoqda.
“Biz g`orning uchinchi tuynugiga etib keldik. Uyog`iga o`tish uchun suvga sho`ng`ish kerak. Kislorodlar esa 200 metrgacha etishi mumkin. Ammo belgilangan joyga etib borish uchun bir necha yuz metr masofani bosib o`tish kerak. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, to`xtamaymiz va qidiruvni davom ettiramiz” dedi qutqaruvchilardan biri.
Bedarak yo`qolgan bolalar 11 yoshdan 16 yoshgacha bo`lib, ular futbol mashg`ulotlaridan so`ng Tam Luang g`or kompleksini o`rganish uchun kelishgan. Ular g`or yoniga velosipedlarini tashlab ketishgan. Hozirda ularning ota onalari va qarindoshlari g`orga yaqin joylarda o`z yaqinlarini omon qolishlari uchun ibodat qilishmoqda.






