Forum doirasida mamalakatimizni rivojlantirishning dolzarb sohalariga bag`ishlangan anjumanlar ham o`tkazilishi rejalashtirilgan. Markaziy Osiyo Yoshlar Forumining 3-kunidagi 1- konferensiya “Yoshlarning ilm-fan va ta`lim rivojidagi o`rni” mavzusida bo`lib, unda Kozog`iston Respublikasi yoshlar siyosati departamenti direktor o`rinbosari Raisova Lira so`zga chiqdi.
– Avvalo, O`bekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan, O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashkillashtirgan Markaziy Osiyo Forumiga taklif qilganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Forumning plenar sessiyasi uchun hozirgi kunning dolzarb mavzulari tanlangani va aynan yoshlar hayotiga qaratilgani oqil tanlov bo`lgan. Bugunb ilm-fan, texnologiya va turizm sohalarida fikr almashishga hamda yoshlarning o`quv jarayonida yuzaga keluvchi muammolarni hal etish yo`llari bo`yicha takliflar bildirdik. Undan tashqari, talabalar o`zga davlatlarda bilim va ko`nikma egallashi va almashinishi bo`yicha suhbatlashdik, talabalarimiz ushbu loyihani amalga oshirishlari uchun imkon yaratiladi. Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida robototexnika tanlovi loyihasini o`tkazish fikri o`rtaga tashlandi. Ayniqsa, Turkmaniston vakilining “Startapiston” loyihasini tashkil etish taklifi alohida etiborga loyiq. Shu bilan birga, bizning Qozog`iston vakillarimiz Ostonatap loyihasini yo`lga qo`yish taklifi ham barchaga manzur bo`ldi. Menda mazkur forumdan so`ng O`zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda Qozog`iston Respublikasi hududida Markaziy Osiyo yoshlar forumini tashkillashtirishni prezidentimizga taklif etish niyati paydo bo`ldi, deya so`zini yakunladi qozog`istonlik ekspert.
Maxtumquli nomidagi Turkmaniston yoshlar tashkiloti vakili Abdulla Annaberdiev “Hududda ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanish” mavzusida nutq so`zladi. Turkmanistonprezidenti va xalqi nomidan yuqori saviyada o`tayotgan ushbu forumga taklif etilgani va qatnashish imkoniyati berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Forum o`z ishida davom etadi. Bir-biridan qiziq va har tomonlama foydali loyihalar o`rtaga tashlanayotgan forumni kuzatib boring.







