Farg`ona shahar 4-sonli bolalar Musiqa va san`at maktabi binosida jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudining sudyasi D.Xaliknazarova, katta mutaxassis V.Siddikovlar va Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Farg`ona shahar Kengashi vakillari, mahalla raislari hamda faollari ishtirokida ochiq muloqot tarzida uchrashuv o`tkazildi.
Uchrashuvda O`zbekistan Respublikasi Oliy sudi va Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika Kengashi o`rtasida 2018 yil 8 iyun kuni tasdiqlangan o`zaro hamkorlik to`g`risidagi MEMORANDUM mazmun-mohiyati va Yoshlarga oid jinoyatlarni oldini olishda jamoatchilikning roli mavzusida ma`ruzalar o`tkazilib, davra suhbati shaklida savol-javoblar bo`lib o`tdi.

Ochiq muloqot qatnashchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga soha xodimlari tomonidan tegishli javoblarni oldilar, shuningdek sud xodimlari sudlar tomonidan Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari vakillari bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot o`rnatishi hamda aholining sudga bo`lgan ishonchiga erishish darajasini amalga oshirilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini tushuntirib o`tdishdi.
Kelgusida joylarda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, shuningdek qonuniylik va huquq-tartibotni ta`minlash bo`yicha dolzarb masalalar yuzasidan “Mening mahallam – mening sudyam” g`oyasi asosida ochiq muloqotlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan tegishli dasturlar ishlab chiqildi.
Maxkamjon Abdubannabov,
Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona






