Chet el ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko`ra, qo`shiqchi Beyonse hamda Jey-Zi oilasi ajralishmoqda.
Shu yilning 13 sentyabr kuni Parijda har ikki qo`shiqchi ishtirokidagi so`nggi konsert bo`lib o`tadi. Us Weekly jurnali bergan xabarlarga ko`ra, Beyonse 6 yillik turmushdan so`ng Jey-Zi bilan ajralishga qaror qilgan. Ayni damda uning advokatlari Nyu-Yorkda ajralish borasidagi xujjatlarni tayyorlashmoqda. Aytish lozimki, ular biznes hamkor shu bilan birga Blu Ayvi ismli qizlari bor. Taxminlarga ko`ra Beyonse nima uchun ajralishga qaror qilgani haqida shu yilning 24 avgustida Los-Anjelesda bo`lib o`tadigan MTV VMA 2014 marosimida ommaga oshkor qilishi ham mumkin. Ushbu juftlik haqida ko`p marotaba internet nashrlari orqali yolg`on ma`umotlar tarqatilgan. Aytish kerakki, ularning ajralayotgani haqidagi bu ma`lumot birinchi emas. Voqealar rivojini kuzatamiz.






