Dushanba, 11 avgust kuni mashhur aktyor Robin Uilyamsning jasadi o`z uyida topildi.
Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, aktyor o`z joniga qasd qilgan. Rasmiy bayonotga ko`ra, yaqindagina 63 yoshni qarshi olgan aktyor so`nggi paytlarda og`ir depressiya holatida bo`lgan.
Robin Uilyams "Jumanji" filmidagi obrazi bilan barchaga yaxshi tanish edi. 1997 yil u "Aqlli Uill Xanting" filmidagi roli uchun "ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor" nominasiyasida g`olib bo`lgan edi.







