AsosiySport

«Paxtakor-79» a`zolari xotirlandi

Toshkentdagi Botkin nomidagi qabristonda 1979 yilda fojeali tarzda halok bo`lgan «Paxtakor» jamoasi xotirasi yana bir bora yod olindi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Bugun, 11 avgust kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk osmonida "Paxtakor" jamoasining fojeali tarzda halok bo`lganiga 35 yil to`ldi. Shu munosabat bilan bugun «Paxtakor» futbolchilarni xotirlash uchun bir qaton tadbirlar o`tkazildi. Dastlab, «Paxtakor» stadionida o`tkazilgan tadbirda «Paxtakor-79» yodgorligi oldida futbolchilar yana bir bor xotirlandi. «Paxtakor-79» a`zolarini xotirlash tadbiri keyinroq Toshkentdagi Botkin qabristonida davom etdi. Unda Futbol jamoatchiligi, "Paxtakor" Futbol klubi futbolchilari va rahbariyati, O`FF va O`zPFL rahbariyati, O`FF Fahriylar Kengashi, «Paxtakor-79» qurbonlarining oila a`zolari va OAV hodimlari «Paxtakor» jamoasi xotirasini yana bir bor yod etishdi.

Ma`lumot o`rnida, bir necha kun avval 1979 yilgi aviahalokatda hayotdan ko`z yumgan «Paxtakor» jamoasi a`zolari xotirasiga bag`ishlab, har yili an`anaviy tarzda o`tkaziladigan «Xotira qanotlari» turniri start olgan edi. Turnir finali 10 avgust kuni bo`lib o`tdi. Finalda Toshkentning Bunyodkor klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilari Paxtakor akademiyasi tarbiyalanuvchilarini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib "Xotira Qanotlari" turnirining bu yilgi g`olibiga aylandi.

    Boshqa yangiliklar