AsosiyDunyo

Ota kompyuter o`yinlariga mukkasidan ketgan farzandlarini Isroil va Falastinga sayohat yordamida “davoladi”

Shveysariyalik jurnalist Karl-Magnus Xelgegren 10 va 11 yoshli o`g`illarining komyuterda o`ynaladigan shafqatsiz o`yinlarga mukkasidan ketganidan havotirlanib, ularni o`yin voqealari bo`lib o`tadigan ikki davlatga Isroil va Falastinga olib borishga ahd qildi. Bu bilan u farzandlariga haqiqiy urushni ko`rsatish va shu yo`l bilan ularni shafqatsiz, qonxo`r o`yinlarni o`ynashdan qaytardi. Bu haqda The Local  nashriga tayanib, Glunews.ru xabar beradi.

“O`tgan yilning kuzida o`g`illarim bilan bir stol atrofida o`tirib, ular o`ynayotgan o`yin haqida daxshatli fikrga keldim. Ular menga Call of Duty deb nomlanuvchi o`yinning qay tarzda o`ynalishi, uning turli bosqichlaridan qay tarzda o`tish mumkinligini aytib berishganida o`zimni hayratdan tuta olmadim. Yoshligimda men ham urushni biroz boshqacha tasavvur qilardim, ammo 29 yoshimda jurnalist sifatida ma`lumot olish uchun haqiqiy urush maydoniga kelganimda, urush men o`ylagandan ko`ra qo`rqinchliroq, daxshatliroq ekanini tushunib etganman. Aniq bilamanki, ayni damda mening farzandlarim ham urush aslida nima ekanini bilishmaydi, balki ko`zlari bilan ko`rishsa fikrlari o`zgarar degan o`yda shu qarorga keldim” - deydi Karl-Magnus Xelgegren.

Karl-Magnus Xelgegren faoliyati taqazosi bilan bir necha bor yaqin sharqda bo`lganligi sababli ham urushning aslida qanday ekanini yaxshi bilardi. Shu sabab u farzandlarini haqiqiy urush haqida tasavvurga ega bo`lishlari lozim, degan fikrda ular bilan Isroil va Falastinga turistik chipta asosida yo`l oldi.

“Urush maydoniga kelgan kunimizning ertasiga, o`g`illarim biz bu erga biz o`ynayotgan o`yin tufayli kelganimiz rostmi? - deb so`rashdi, men esa ularga ha, sizlar buni o`z ko`zingiz bilan ko`rishingiz kerak, deb javob berdim. Albatta, sayohat ko`ngildagidek bo`lmadi. Ular urushda jarohatlargan bolalarga yordam ko`rsatilayotgan chodirlarga kirishdi, qon, og`riq va ko`z yoshlarni ko`rishdi. Uyga qaytish oldidan esa ular o`z-o`zidan boshqa hech qachon Call of Duty kabi o`yinlarni o`ynashni istamasliklarini aytishdi. Men ulardan aynan shu so`zlarni eshitish uchun ham jonni xatarga qo`yib bo`lsa-da, daxshatli safarni amalga oshirdim. Bunday o`yinlar yoshlar ongini zaharlaydi, ularni o`qish va bilim olishdan qaytaradi. Men eng avvalo ota, qolaversa jurnalist sifatida farzandlarim, Shveysariya yoshlarining kelajagi ana shu arzimas o`yinlarni deb barbod bo`lishini istamayman” – deya qo`shimcha qiladi Karl-Magnus Xelgegren.

Albatta, odamlar orasida uning bu ishi bolalarning miyasini zaharlaydi deya fikr bildirganlar ham bo`ldi, ammo aksariyat u tutgan yo`l to`g`ri, deb fikr bildirdi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar