AsosiyDunyo

Arabistonlik yigitning burnidan tish o`sib chiqdi

Saudiya Arabistonida istiqomat qiluvchi 22 yoshli yigitning burun bo`shlig`idan o`sib chiqqan tish olib tashlandi. Bu haqda news.day.az nashri xabar beradi.
Gap shundaki, oxirgi 3 yil ichida yigitchaning burnidan tez-tez qon keta boshlagan. Shu vaqtgacha shifokorlarga ko`rinishga xafsala qilmagan yigitcha, oxir oqibat nazoratdan o`tishga axd qildi.
Dastlab burun bo`shlig`ida chamasi 1 santimetrli suyakni ko`rgan otoloringolog shifokori bemorni stomatolog xuzuriga yubordi. Tish shifokori yigitchani tekshiruvdan o`tkazganidan so`ng, burun bo`shlig`idagi 1 santimetrli suyakni ko`rib hayron qoldi va bu oddiy suyak emas, tish ekanini aytdi.
Jarrohlik yo`li bilan bemorning burun bo`shlig`idagi tishi olib tashlandi, ayni damda u o`zini yaxshi his qilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar