AsosiyDunyo

10 avgust kuni “super Oy” hodisasi kuzatiladi

10 avgust Yakshanba kuni “super Oy” deb nomlanuvchi astronomik hodisani kuzatish mumkin. O`sha kuni Oy oddiy ko`rinishidan kattaroq va yorqinroq ko`rinadi. Bu haqda EpochTimes nashri xabar bermoqda.

Joriy yili “super Oy” hodisasi besh marotaba kuzatilishi kutilmoqda. Uchtasi o`tib bo`lgan bo`lsa, qolgan ikkitasini 10 avgust va 9 sentyabr kunlari kuzatish mumkin.

10 avgust kuni Er yo`ldoshi 14 foizga katta va 30 foizga yorqinroq bo`lishi katta qiziqish uyg`otmoqda.

Nashrining yozishicha, keyingi yil  “super Oy” hodisasi 6 marotaba bo`lishi kutilmoqda. Astronomik hodisa 20 yanvar,  18 fevral, 20 mart, 29 avgust, 28 sentyabr va 27 oktyabr bo`lishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar