AsosiyDunyo

Afg`oniston prezidentligiga nomzodlar o`zaro kelishib olishdi

Afg`oniston prezidentligiga nomzod bo`lgan ikki siyosatchi umummilliy hukumat tuzish to`g`risida kelishib olishdi. Bu haqda BBC xabar beradi.

AQSh bosh kotibi Jon Kerri ishtirokida imzolangan kelishuvning batafsil ma`lumotlari aytilmagan.

Afg`onistonda o`tkazilgan prezidentlik saylov natijalari hali ham tasdiqlanmagan. Afg`oniston saylov komissiyasi saylov byulletenlarini hisoblashni boshlagan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 14 iyun kuni o`tkazilgan saylovda Axmad G`ani 56,44 foiz ovoz to`plagan. Birinchi turda peshqadam bo`lgan Abdulla Abdulla esa 43,56 foiz ovoz to`plagan.

Shundan so`ng, Abdulla Abdulla saylov natijalarini tan olmadi va “parallel` hukumat”ni tashkil qilish niyatida ekanligini ma`lum qildi.

Iyul oyida AQSh bosh kotibi Jon Kerri ikki nomzodni ovozlarni qayta hisoblab chiqish kerakligiga ko`ndirdi.

    Boshqa yangiliklar