Rossiyaning Irkutsk shahrida bo`lib o`tgan “Oila davrasida” xalqaro festivalida to`liq metrajli film tanlovi bo`yicha o`zbekistonlik rejisser Rashid Malikovning “Tog`a” filmi g`olib chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
"Eng yaxshi akter" nominasiyasida esa ushbu filmda bosh rolni ijro etgan Bobur Yuldoshev g`olib chiqdi.
“Oila davrasida” teatr va kino festivali 2-8 avgust kunlari Rossiyaning Irkutsk shahrida bo`lib o`tdi. Festival davomida jahonning 15 mamlakatidan 40 dan ortiq filmlar namoyish etildi. To`liq metrajli filmlar asosiy tanlovi dasturiga Rossiya, Ukraina, AQSh, Xitoy, Serbiya, Qozog`iston, O`zbekiston, Gollandiya va Singupur mamlakatlarida suratga olingan filmlar kiritildi.





