Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Ebola virusining tarqalishi xalqaro ahamiyatdagi xavf ekanligini e`lon qildi.
JSSTning favqulodda qo`mitasi Jenevada o`tkazilgan ikki kunlik yig`ilishidan so`ng tashkilot ekspertlari ushbu qarorga kelishdi. Bu haqda ITAR-TASS xabar bermoqda.
Ebola virusining tarqalishi tufayli Liberiya va Serra-Leone hukumati mamlakatda favqulodda vaziyat e`lon qilishdi. Fevral oyida boshlagan epidemiya oqibatida G`arbiy Afrika mamlakatlarida mingga yaqin kishi halok bo`ldi.
Ebola virusining xalqaro ahamiyatdagi xavf ekanligining tan olinishi bir qator qarorlarni qabul qilinishi, virus qayd etilgan mamlakatlarga tashrif buyurish va savdoni taqiqlash imkonini beradi.





