AsosiyDunyo

Hindistonlik biznesmen tug`ilgan kuni uchun oltindan ko`ylak tiktirdi (FOTO)

To`qimachilik sanoatidan katta mablag` to`plagan hindistonlik tadbirkor o`zining tug`ilgan kuniga oltindan ko`ylab tiktirdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Biznesmen oltindan tikilgan ko`ylakda Mumbay ko`chalari bo`ylab harakat qilgan. Pankadj Parakx o`zining 45 yoshini shu yo`l bilan nishonladi. Oltindan tikilgan ko`ylak og`irligi 4 kilogrammga teng. Ushbu ko`ylak uchun biznesmen 214 ming AQSh dollar sarfladi.

“Yubileyimga noodatiy narsa xohlagandim, oltindan tikilgan ko`ylak esa men istagan variant bo`ldi. Odatda men 2-3 kg.dan kam oltin bilan ko`chaga chiqmayman. Oltin doim meni maftun qilib kelgan. Shu tufayli, 4 kilogrammli oltin men uchun muammo emas”,-dedi Pankadj.

Shuningdek, biznesmen  ushbu ko`ylakda ko`chaga to`rt nafar qo`riqchi bilan chiqishiga to`g`ri keldi.

    Boshqa yangiliklar