Ushbu musiqiy asbobning loyihasi ilk bor 2012 yili Kolumbiyadagi Xorxe Tadeo Losano universitetining sanoat dizayni fakulteti talabasi David Ernandes Salsarning ishida paydo bo`lgan edi.
David dastlab poytaxtdagi musiqiy ta`lim tizimi bilan qiziqa boshlagan. Shundan so`ng, Bogota Filarmoniya orkestr ta`lim dasturlari direktori bilan tanishib qoladi. Ushbu tanishuvdan so`ng har ikki mutaxassis loyihani amalga oshirishga kirishdi. Natijada Ludofon nomli musiqa asbobi yaratildi.
Ludofon bir qator asboblarning aralashmasi bo`lib, unda puflab chalinadigan, zarbli va torli musiqa asboblari jamlangan. Bu haqda ITAR-TASS nashri xabar berdi.





