AsosiyDunyo

Liberiyada Ebola virusi sababli favqulodda vaziyat e`lon qilindi

Liberiya prezidenti Ellen Jonson-Serlif Ebola virusining tarqalishi sababli mamlakatda favqulodda vaziyat e`lon qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar beradi.

Shuningdek, prezident tarqalayotgan virus butun respublika uchun xavfli ekanligini qayd qilib o`tdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xabariga ko`ra, Ebola virusi oqibatida G`arbiy Afrika mamlakatlarida 932 kishi halok bo`lgan, 1711 kishi esa virus bilan zararlangan bo`lishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar