“Ozarbayjon havo yo`llari” aviakompaniyasi Bokudan Toshkentga to`g`ridan-to`g`ri parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“2018 yilning 30 iyunidan “Ozarbayjon havo yo`llari” (AZAL) Bokudan O`zbekiston poytaxti Toshkentga to`g`ridan-to`g`ri parvozlarni tashkil etadi”, - deyiladi xabarda.
Parvozlar haftada bir marta (shanba kunlari), 1 avgustdan boshlab esa haftada ikki marta (chorshanba va shanba kunlari) amalga oshiriladi.
“O`zbekiston poytaxti – “zumrad bilan bezatilgan” parklar, xiyobonlar, bog`lar hamda billur ipga tizilgan favvoralardan iborat ulkan megapolis”, - deyiladi xabarga qo`shimcha ravishda.






