AsosiyDunyo

Donald Tramp Ramazonda iftorlik uyushtiradi

'Donald Tramp Ramazonda iftorlik uyushtiradi'ning rasmi

Amerika Qo`shma shtatlari prezidenti Donald Tramp joriy yilning 6 iyun kuni Oq uyda iftorlik uyushtirmoqchi, deb xabar berdi islam.ru nashri.

Bu singari iftorliklar AQSh prezidentlari davrida ana`naga aylangan bo`lib, musulmonlarga nisbatan bag`rikenglikni ko`rsatish va amerikalik musulmonlarga hurmatni namoyon qilish maqsadida tashkil etiladi.

Xabarda AQSh Davlat departamenti iftorlikning tashkilotchisi bo`lishi aytilmoqda, biroq mehmonlar ro`yxati haqida hozircha hech qanday ma`lumotlar berilmagan.

    Boshqa yangiliklar