AsosiyJamiyat

Ramazon oyida O`zbekiston xalqidan Afg`onistonga ko`mak ko`rsatildi

'Ramazon oyida O`zbekiston xalqidan Afg`onistonga ko`mak ko`rsatildi'ning rasmi

O`zbekiston qo`shni Afg`oniston Islom Respublikasiga mamlakatda kuzatilgan qurg`oqchilik sabab 3100 tonna miqdoridagi un-don mahsulotlarini yubormoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ushbu insonparvarlik ko`magi o`zbekistonliklar nomidan Afg`on xalqiga og`ir vaziyatlarda ko`rsatilgan ko`mak sifatida baholanmoqda. Bu singari savobli ishlarning Ramazon oyida amalga oshirilishi ikki qo`shni mamlakatlar o`rtasidagi hamkrlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O`zbekiston Respublikasining Afg`onistonga insonparvarlik yordamini yuborishi munosabati bilan Hayraton shahrida (Afg`oniston Islom Respublikasi) ikki davlat hukumat vakillarining uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`onistondagi vakili Ismatilla Ergashev, O`zbekistonning Mozori Sharifdagi konsullik idorasi konsuli Mirodil Abdurazzoqov, Afg`onistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sayyid Shahobiddin Temuriy hamda hukumat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar