Farg`onalik shaxs 420 tonna ko`mirning pulini o`zlashtirib yuborganligi uchun qidirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahri Yashnobod tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2018 yil yanvar oyida Farg`ona viloyatida yashovchi Y.E. Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumanida yashovchi B.E.ning 420 tonna ko`mir mahsulotini 303 mln 400 ming so`mga baholab, olgan hamda ko`mirni sotib yuborib pullarni bermasdan o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Y.E.ni ushlash choralari ko`rilganligi xabar qilinmoqda.






