Qatl qilingan Iroq prezidenti Saddam Xusaynning jasadi 8 oy oldin yashirincha Al-Auj ona qishlog`idagi qabridan Tikritadan 13 km uzoqlikdagi xavfsizroq joyga ko`chirildi. Bu haqda Saddam Xusaynning yaqinlaridan biri ma`lum qildi.
The Guardian gazetasiga bergan intervyusida u tikritlik sunniylar Saddam Xusayn qabriga zarar etishi mumkinligidan havotir olishganligini aytdi. “Bizning qo`rquvlarimiz to`g`ri bo`lib chiqdi”,-dedi sobiq prezident yaqini.
1982 yili Saddam Xusayn vafot etgan onasi uchun katta maqbara qurdirgan. 148 nafar shialarning o`limida aybdor deb topilgan Saddam Xusayn 2006 yil 30 dekabr kuni qatl etilganidan so`ng, u ham o`sha maqbaraga dafn qilingan edi.
Maqbara hozirda «Iroq va Shom islom davlati» terroristik harakati tomonidan vayron qilingan edi.





