AsosiyDunyo

Fransiyada oqlik festivali bo`lib o`tdi

'Fransiyada oqlik festivali bo`lib o`tdi'ning rasmi

Fransiya poytaxti Parijda “Dinner in White” festivali bo`lib o`tdi, deya xabar berdi IVI.RU nashri.

Unda kechki ovqat uchun to`planganlar an`anaga ko`ra oq libosda bo`lishlari lozim.

Parijda har yili o`tkaziladigan mazkur tadbir sayyohlar orasida xam juda mashhur. Shu tufayli unda qatnashish uchun shaharga keladigan turistlar ko`pchilikni tashkil qiladi. Marosimda ommaviy tushlikda ishtirok etishni xohlovchilarga yagona talab qo`yiladi. Ya`ni ularning barchasi faqatgina oq libosda bo`lishlari kerak.

– Bu er juda chiroyli. Barcha narsa – stol-stullar ham oppoq. Oqlik insonlar qalbiga ham ta`sir ko`rsatayotgandek go`yo. Barchaning kayfiyati a`lo. Tadbir qatnashchisi ekanimdan xursandman, – deydi festival qatnashchilaridan biri.

Bu yil marosim 30-chi bor o`tkazilmoqda. Uning qatnashchilari soni esa bir yarim mingdan oshib ketdi. Oq kechlik tadbiri har gal Parijning turli diqqatga sazovor joylarida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar