Samarqandda 3 iyun kuni tramvaylar engil to`qnashdi. Bu haqda Facebook’dagi «Ya samarkandes» guruhida ma`lum qilindi.
"Daryo" nashrining yozishicha, Temiryo`l vokzali yaqinida, Beruniy va Ro`dakiy ko`chalari kesishmasida tramvaylar engil to`qnashgan va ularning old oynalariga shikast etgan.
«Sartepa massivi — Temiryo`l vokzali» yo`nalishi bo`yicha to`g`riga harakatlanishi kerak bo`lgan 1-tramvay chapga — Ro`dakiy ko`chasi bo`ylab «Temiryo`l vokzali — Siyob bozori» yo`li uchun yotqizilgan 2-tramvay yo`nalishiga burilgan. Shu yo`nalishda teskari tomondan harakatlanib kelayotgan tramvayga urilgan.






