AsosiyJamiyat

YHXB xodimiga qarshilik ko`rsatgan va ayolini urgan fuqaroga jazo tayinlandi (video)

'YHXB xodimiga qarshilik ko`rsatgan va ayolini urgan fuqaroga jazo tayinlandi (video)'ning rasmi

Shu yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “V Uzbekistane voditel izbil sotrudnika GAI i svoyu jenu” sarlavhali videoda keltirilgan holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Qonliko`l tumani IIB Yo`l harakati xavfsizligi guruhi inspektori, kichik serjant O.Begjanov 2017 yilning 22 may kuni soat 20:30 lar atrofida A-380 “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lida xizmat olib borayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo`ldan harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli davlat raqam belgisi 95 A 023 SA bo`lgan avtomashinani to`xtatib, haydovchisi A.E.Utemuratovdan tegishli hujjatlarini so`raganida, haydovchi hech qanday hujjat ko`rsata olmagan. Shu sababli inspektor avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga qo`ymoqchi bo`lganida, haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo`ysunmasdan qo`pol munosabatda bo`lib, xodimning xizmat kiyimidan ushlab, yo`lning pastki qismiga itarib yuborgan.

Holat yuzasidan 2017 yilning 15 noyabr kuni Qonliko`l tuman jinoyat ishlar bo`yicha sudining hukmiga ko`ra, sudlanuvchi Utemuratov Azamat Ernazar o`g`li O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun aybdor deb topilib, unga nisbatan “360 (uch yuz oltmish) soat majburiy jamoatchilik ishi” jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar