Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari “Almata-Nukus” yo`nalishida kirib kelgan yo`lovchi poezdini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazdi.
Tekshirish davomida yo`lovchilardan biri bojxona xodimining og`zaki so`rovi paytida va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ma`lum qilmasdan turib kumushdan ishlangan 708 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini olib kirishga uringani fosh bo`ldi. 74 turdagi mazkur kumush taqinchoqlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra taxminan 14 million so`mdan ortadi.
Ayni shu poezdning yana bir yo`lovchisi esa 14 turdagi 254 dona kosmetika va parfyumeriya vositalarining bojxona nazoratidan chetlab olib o`tishga uringan paytda to`xtatib qolindi. Sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan parfyumeriya va kosmetika vositalarining noqonuniy olib kirilishi, boz ustiga ushbu jarayonda bu kabi tovarlarning tashish va saqlash qoidalariga umuman rioya etilmasligi yurtdoshlarimiz salomatligi uchun jiddiy xavf tug`dirishi mumkin edi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






