AsosiyJamiyat

Toshkentda bir qator ko`chalarning nomlari o`zgartirildi

Xalq Deputatlari Toshkent shahar Kengashining 24 iyuldagi qarori bilan poytaxtimizdagi ba`zi ko`cha, berk ko`chalar qaytadan nomlandi, deya xabar beradi Gazeta.uz nashri.

«Katta Qa`ni» mahallasi hududidagi tutash ko`cha nomlarini uyg`unlashtirish maqsadida Uchtepa tumanidagi G`anipolvon ko`chasi Qurilish 2-tor ko`chasiga, G`anipolvon 1-tor ko`chasi — Katta Qa`ni 4-tor ko`chasiga, G`anipolvon berk ko`chasi — Katta Qa`ni 4-berk ko`chasiga, Shodlik ko`chasi — Qurilish 3-tor ko`chasiga aylantirildi. Shuningdek, «Ko`kcha Oqtepa» mahallasi hududidagi ko`cha nomini tartibga keltirish maqsadida Kosmos ko`chasi Koinot ko`chasi deya qayta nomlandi.

Shayxontohur tumani bo`yicha Navoiy ko`chasidan Kichik halqa yo`ligacha bo`lgan Shayxontohur ko`chasi — Labzak, Shayxontohur tor ko`chasi — Labzak tor ko`chasi, Labzak ko`chasi — Labzak 3-tor ko`chasi, Zuhur Qobulov tor ko`chasi — Taxtapul tor ko`chasi deya o`zgartirildi.

Yunusobod tumanida esa Nosirov ko`chasi Minor tor ko`chasiga, Kattasoy 1-berk ko`chasi — Kattasoy 1-tor ko`chasiga, Kattasoy 3-berk ko`chasi Kattasoy 3-tor ko`chasiga aylantirildi. Bundan tashqari, Do`stlik mahallasi hududidagi nomsiz yangi ko`cha Oltin meros ko`chasi deb, yana to`rtta nomsiz ko`chalar esa Oltin meros 1,2,3,4-tor ko`chasi deb nomlandi. «Otchopar-2» mahallasi hududidagi yangi tutash ko`chalarga Uangishahar 5,6,7,8,9-tor ko`chasi deya nom berildi.

Endilikda, Olmazor tumani hududida «Shifokorlar» mahallasidagi yangi xali nom berilmagan ko`chalar Shifokorlar 3,4,5-tor ko`chasi deb, nomzil yangi berk ko`chalar esa Shifokorlar 1,2-berk ko`chasi deb atala boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, Xalq Deputatlari Toshkent shahar Kengashi O`zbekiston poytaxtidagi ko`plab ko`chalarni so`nggi marta 2013 yilning yanvar oyida qayta nomlagan edi. 

    Boshqa yangiliklar